» » Ozbekiston paxta dalalaridan 30 yil avvalgi reportaj: Hukumat murojaatiga labbay degan 2 mln mehnatkash va kombaynda tergan yaxshiroq (video)

Ozbekiston paxta dalalaridan 30 yil avvalgi reportaj: Hukumat murojaatiga labbay degan 2 mln mehnatkash va kombaynda tergan yaxshiroq (video)


1987-yili noyabr oyining 22-sanasiga qadar Ozbekistonda 4,6 million tonna paxta terib olingan edi. YouTubeda sobiq SSSR televideniyesi Vremya dasturi uchun ozbekistonlik muxbir Muxtor Ganiyev tomonidan tayyorlangan va 1987-yil 22-noyabr kuni efirga uzatilgan tarixiy video nusxasi bor.

Unda oktabrdagi misli korilmagan qordan keyin ham dalalarda paxta qolayotgani, shahar va qishloqlardagi millionlab ziyolilar, pensionerlar, talaba va oquvchilar hukumatning yordam sorab qilgan murojaatiga labbay! deb dalaga chiqqani haqida xabar qilinadi.

Ozbekiston paxtakorlari bugungi kungacha 4,6 million tonnadan ziyod paxta xomashyosini yigib oldi. Vazifa murakkab. Ob-havo ishning borishiga xalal berdi. Bahorda kuchli yogingarchilik, sovuqlar ekin jarayonini kechiktirdi. Oktabrdagi misli korilmagan qor terim suratini shunchaki toxtatib qoydi. Dalalarda esa hali ham paxta bor va hosilni qutqarib qolish kerak.

Respublika hukumati yordam sorab shahar va qishloq mehnatkashlariga murojaat qildi. Bugun plantatsiyalarga 2 millionga yaqin terimchilar chiqdi. Bular sanoat korxonalarining ishchilari, ziyolilar, pensionerlar, talaba va oquvchilar. Avvallari hech qachon xalq tomonidan bunday hozirjavoblik bolmagan.

Odamlar paxtakorlar uchun ogir kelgan bu yilda hosilni bitta qoldirmay daladan yigib-terib olish uchun qollaridan kelgan barini qilmoqda.

Vremya muxbiri Muxtor Ganiyevning 1987-yil 22-noyabrdagi reportaji

Lavha davomida songgi besh yildan beri paxta rejasini bajara olmay, 1987-yilda vazifani uddalagan Sariosiyo tumanidagi vaziyat korsatilgan. Muxbirning hududdagi dehqonlarga asoslanib malum qilishicha, ishga munosabat ozgargani sababli ham reja bajarilgan, xususan, yigim-terim mavsumi vaqtida tuman markazida uzoq davom etadigan majlislar, uchrashuvlardan voz kechilgan.

Uzoq yillar mobaynida xojaliklar rahbarlari paxtani yaxshisi qolda tergan maqul, deb takidlab kelardi. Bu tushuncha yoqqa chiqarildi. Tumandagi har bir kombaynda 100 tonnadan paxta xomashyosi yigib olindi.

Vremya muxbiri Muxtor Ganiyevning 1987-yil noyabridagi reportaji

Mavzuga doir:Ornimiz paxtazorda. Uychi tumani hokimi paxtani yigib-terib olish uchun aholiga murojaat yolladi

Malumot uchun, Ozbekiston hukumati 8-avgust kuni 2017-yilgi paxta terimi mavsumiga 18 yoshga tolmagan yoshlarni, shuningdek, tashkilotlar, talim va sogliqni saqlash muassasalarining mehnat faoliyatida bolgan xodimlarini majburiy tarzda jalb qilish qatiy man etilishi haqidagi bayonnoma qarorini chiqargan edi.

Mavzuga doir: Ozbekiston hukumati oqituvchi va tibbiyot xodimlarini paxta terimiga jalb qilishni taqiqladi

Shunga qaramay, 22-sentabrga qadar paxta yigim-terimiga talabalar, oqituvchilar va tibbiyot xodimlari jalb etilishi davom etdi. Ozbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida 21-sentabrda otkazilgan selektor yigilishida hukumatning 8-avgustdagi bayonnoma qarori ijrosi bajarilishi talab etilganidan song, 22-sentabrdan talabalar, oqituvchilar va tibbiyot xodimlari zudlik bilan paxta dalalaridan olib chiqib ketildi.

Mavzuga doir:Kechasi uchda qongiroq qilib, uyga qaytishimizni aytishdi

Ozbekiston Senati 12-yalpi majlisining 4-oktabrdagi yigilishida Ozbekistonda bolalar mehnati va majburiy mehnat batamom yoq qilingani takidlandi. Ayni vaqtda, senatorlar tomonidan Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taminlash masalalari boyicha Parlament komissiyasini tuzish haqida qarori imzolandi.

Ayni shu yigilishda Ozbekiston bosh vaziri orinbosari, Ozagrotexsanoatxolding boshqaruvi raisi Nodir Otajonov 2018-yilda mamlakatda 3000 ta paxta terish mashinalari ishlab chiqarilishi, ularning 600 tasi eksport qilinishi, qolgani birinchi galda Sirdaryo, Toshkent, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari ortasida taqsimlanishini malum qildi. Shuningdek, bu masalada AQShning John Deere va CNH Industrial kompaniyalari hamkorlik yolga qoyilganini bildirdi.

Daryoning YouTubedagi rasmiy sahifasiga obuna boling

: admin (10-10-2017, 15:15)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -