» » Jasur Ibrohimov ishi: sud-tibbiyot eksperti marhum 3-may kuni olgan jarohati oqibatida vafot etganini ma’lum qildi

Jasur Ibrohimov ishi: sud-tibbiyot eksperti marhum 3-may kuni olgan jarohati oqibatida vafot etganini ma’lum qildi


9-oktabr kuni Mirobod tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudida Borovskiy nomidagi kollej o‘quvchisi Jasur Ibrohimovning ishi yuzasidan yana to‘rt nafar guvoh, jumladan, ko‘rsatma bergan sud-tibbiyot eksperti Farhod Lochinov ham tinglandi, deb xabar berdi “Novosti Uzbekistana”.

Farhod Lochinov o‘zining ko‘rsatmasida qayd etishicha, marhum Jasur Ibrohimovning jasadi 1-iyun kuni yorib ko‘rilgan. Sud-tibbiyot ekspertining fikricha, o‘smirning o‘limiga 3-may kuni olingan jarohati sabab bo‘lgan.

“Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, o‘smirning o‘limiga o‘n ikki barmoqli ichakning yorilishi, ichki organlar gematomasi, ko‘p sonli jarohatlar, boshdagi yopiq jarohat va miya chayqalishi sabab bo‘lgan. Yetkazilgan tan jarohatlar darajasiga ko‘ra, inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Yorib ko‘rish shuni ko‘rsatdiki, bolaning o‘limiga 3-may kun olgan jarohatlari sabab bo‘lgan”, — dedi Farxod Lochinov.

Shuningdek, sud-tibbiyot ekspertining ma’lum qilishicha, Jasur Ibrohimov mutlaqo jismoniy jihatdan ham, ruhiy jihatdan ham sog‘lom bo‘lgan. Yigitchaning hech qanday surunkali yoki ruhiy kasalligi bo‘lmagan. Lochinov bu orqali Jasur Ibrohimovning nogironligi yoki qandaydir jarohati borligi haqidagi ma’lumotni rad etgan.

Ekspert sudyalarning, davlat qoralovchisining va advokatlar tomonidan “marhum yuqorida sanab o‘tilgan jarohatlarni o‘z bo‘yi balandligidan yiqilishi va uning ustiga boshqa bir odam qulashi oqibatida olgan bo‘lishi mumkinmi” deya berilgan savolga “buning ehtimolligi juda kam”, deya javob berdi. Shu bilan birga, aniqlik uchun tajriba o‘tkazib ko‘rish lozimligini aytdi.

O‘sha kuni sud-tibbiyot ekspertidan tashqari yana uch nafar guvohning — sudlanuvchining otasini, shuningdek, tibbiyot kolleji bitiruvchilari Temur To‘xtayev va Dilshod Abdullayevning ko‘rsatmalari tinglandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-10-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют