» » Chimyon MDH davlatlaridagi eng yaxshi qishki kurortlar reytingida 5-o‘rinni egalladi

Chimyon MDH davlatlaridagi eng yaxshi qishki kurortlar reytingida 5-o‘rinni egalladi


TurStat tahliliy agentligi tomonidan MDH davlatlaridagi eng yaxshi qishki kurortlar reytingi tuzildi, deb xabar beradi Kazakhstan Today.

Reyting sayyohlar tomonidan 2017—2018-yil qish mavsumi uchun onlayn-bront qilish haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish natijalari bo‘yicha taqdim etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, MDH davlatlaridagi tog‘-chang‘i kurortlaridagi qishki dam olish yetti kundan o‘n kungacha davom etadi.

Reytingning birinchi o‘rnini Qozog‘istondagi Shimbuloq kurorti zabt etdi.

Keyingi o‘rinlarni esa Shohdog‘ (Ozarbayjon), Silichi (Belarus), Saxkadzor (Armaniston), Chimyon (O‘zbekiston) kurortlari egalladi.

Shuningdek, reytingning o‘ntaligidan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Ozarbayjonning boshqa kurortlari ham joy olgan.

Xabarda aytilishicha, qishki dam olish narxi eng arzon kurort Chimyon, eng qimmati esa Shimbuloq hisoblanadi.

Yashash va ovqatlanishni o‘z ichiga olgan dam olish narxi Chimyonda bir sutkaga 65 dollargacha, Shimbuloqda esa 100 dollardan qimmatroqqa tushadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют