» » Videogalereya: AQSh, Avstraliya, Isroil, Turkiya, Xitoy, Turkmanistonda mashinalarda terilayotgan paxta

Videogalereya: AQSh, Avstraliya, Isroil, Turkiya, Xitoy, Turkmanistonda mashinalarda terilayotgan paxta


2013-yili O‘zbekistondagi paxta terimining 80—90 foizi yaqin uch-to‘rt yil ichida mexanizatsiyalashtirilishi kutilayotgani ma’lum qilingan edi. 2014-yilgi terim mavsumida mamlakat paxta dalalarida 1,2 mingdan ziyod paxta terish mashinalari qatnashdi. Bu yil Sirdaryo viloyati paxta dalalarida 500 ta paxta terish mashinalari ishlamoqda — 2018-yildan hududdagi terimni 80 foizga mexanizatsiyalashtirish maqsad qilingan.

O‘zbekiston Senatining 4-oktabrdagi 12-yalpi majlisi ishida qatnashgan bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonovning so‘zlariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘yicha paxta terimini mexanizatsiyalashtirish uchun kamida 14—15 ming dona paxta terish mashinalari kerak. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yili O‘zbekistonda 550 ta paxta terish mashinalari ishlab chiqarilgan va ularning 500 tasi Turkmanistonga eksport qilingan. 2018-yilda paxta terish mashinalari ishlab chiqarish hajmini 3000 taga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu yo‘nalishda AQShning John Deere va CNH Industrial kompaniyalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Darhaqiqat, John Deere va CNH Industrial paxta terimi bilan bog‘liq texnikalarni ishlab chiqarish bo‘yicha katta tajribaga ega. Quyidagi AQSh, Avstraliya, Isroil, Turkiya, Xitoy, Turkmaniston paxta dalalaridan olingan videolarda, jumladan, mazkur agrosanoat kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan terim mashinalarini ham ko‘rish mumkin.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 15) ( 0) ( 13) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют