» » OAV: Tramp Janubiy Koreyaga tashrifi davomida KXDR bilan chegaraga borishi mumkin

OAV: Tramp Janubiy Koreyaga tashrifi davomida KXDR bilan chegaraga borishi mumkin


AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreyaga tashrifi davomida KXDR bilan o‘rtadagi nomilitar zonaga borishi mumkin. Bu haqda Yonhap agentligining Janubiy Koreya mudofaa vazirligidagi manbasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, sentabr oxirida Oq uy AQSh yetakchisining “maxsus missiyasi” uchun joy tanlagani mamlakatga delegatsiya yuborgan.

“Ular Pxanmundjo yoki unga yaqin boshqa chegara punktini tanlash masalasini ko‘rib chiqdi. Tramp Sariq dengizdagi Yonpxyondo va Pennyondo chegara orollariga ham borishi mumkin”, — ma’lum qildi manba.

AQSh prezidentining Uzoq Sharqqa safari 2-noyabrda boshlanadi. U Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Vyetnam va Filippinga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-10-2017, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 9) ( 0) ( 7) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют