» » Xitoyda robot-stomatolog ilk marta inson aralashuvisiz jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi

Xitoyda robot-stomatolog ilk marta inson aralashuvisiz jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi


Xitoylik tibbiyot xodimlari soha rivoji uchun yuqori texnologiyalardan foydalanishning yana bir bosqichini amaliyotga tatbiq etdi, deb xabar beradi Ictnews.

Xitoydagi Beyhang va to‘rtinchi harbiy-tibbiy universitetlari hamkorligida yaratilgan robot-stomatolog ilk operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Robot-stomatologning ilk operatsiyasi Sian provinsiyasida 2017-yilning 23-sentabr kuni o‘tkazildi.

Robot tomonidan bemorga printerda chop qilingan ikkita sun’iy tish o‘rnatildi. Operatsiya bir soat davom etdi. Jarrohlik amaliyoti paytida robotning ishini stomatolog-jarrohlar kuzatib turdi, biroq ular jarayonda ishtirok etmadi.

Robot-stomatologning ish jarayonidagi ustunlik jihati o‘ta aniqlik hisoblanadi. Odatda, stomatologlar bemorning tishini davolayotganida ularga og‘iz bo‘shlig‘i yetarli darajada yoritilmasligi tufayli yaxshi ko‘rinmasligi mumkin. Robot esa o‘z tajribasida bunday qiyinchiliklarga duch kelmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 400 million xitoyliklar stomatologiya xizmatlariga ehtiyoj sezadi. Malakali stomatologlarning yetishmasligi tufayli har yili millionlab implantant operatsiyalari o‘tkaziladi. Operatsiyalar yuqori darajada o‘tkazilmaganidan bemorlarda ko‘plab asoratlar rivojlanadi.

Robot-jarrohlarning yaratilishi stomatologiya xizmatlari sifatining o‘sishiga xizmat qiladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют