» » Ozish uchun 7 taasosiy maslahat

Ozish uchun 7 taasosiy maslahat


Haqiqatan ham ish beradigan, sayyoramizdagi eng toladan kelgan odamni ham ozishga majbur qiladigan bir necha maslahatlar bor. Mana ularning ichidagi eng asosiylari.

Mashqlarga berilib keting

Birinchi navbatda mashqlardan lazzat olishni organing. Aqlingiz voz kechgan ishni siz ozingizga majburlab qildira olmaysiz.

Ozish uchun uzoq shugullanishga togri keladi. Mashqlarni bajarishni majburiyat sifatida emas, ish kunidan keyingi dam olish deb qabul qiling.

Qisqa muddatli maqsadlar

Men ozishni xohlayman bu maqsad haddan tashqari uzun va noaniq. Muvaffaqiyatning tasdigini kormaguningizcha, ozingizga natija bolmayotgandek bolib tuyuladi. Aniq va qisqa muddatga moljallangan maqsadlar qoyishni va ularga erishishni organing.

Eng yaxshi jismoniy qiyofa

Ozingizga oynadan boqing va tan oling: korib turganingiz jismoniy korinishingiz unchalik yaxshi emas. Hatto agar siz vaqti-vaqti bilan shugullanib tursangiz ham, mashqlarga koproq vaqt ajratishga har doim ham imkoniyat topiladi. Faqat yaxshi korinishni emas, balki sizga havas bilan qarashlarini xohlayotganingizga qatiy ishoning. Bu yaxshi motivatsiya bolishi mumkin.

Doimiy nonushta

Ertalabki ovqat nafaqat metabolizmni tezlashtiradi, balki butun kun uchun ham asos bolib xizmat qiladi: yaxshi nonushta qilsangiz, keyin siz ortiqcha kaloriya miqdorini istemol qilishni xohlamaysiz.

Tungi ovqatlar

Uxlashga yotishda biroz och bolganingiz maqul. Bu normal holat, organizmingiz kechqurungi yeguliklardan keladigan energiyani qayerga qoyishni bilmaydi. Yeyish istagidan bir necha usullar yordamida xalos bolish mumkin: bir piyola issiq otli choy medani toldiradi, tishlarni tozalash esa ozingizni qolga olishga va tunda sovutgich tomon yugurishdan ozingizni tiyishga yordam beradi.

Toyib ovqatlanmang

Ochlik hissini chuqur anglashga harakat qiling. Ovqatlanib bolgach, hali yana biroz yeyishingiz mumkin bolsa ham dasturxon atrofidan turish uchun ozingizda kuch topa olishingiz kerak.

Bu juda qiyin va biroz tajriba talab qiladi, lekin natijasi shunga arziydi. Buning ustiga, yengil ochlik hissi butun organizmni faol holatda ushlab turishga yordam beradi uyquchilik va charchoqlik holati tezda yoqoladi.

Past kaloriyali oziq-ovqatlarni tanlang

250 gramm ismaloqda bir dona Oreo pechenyesidagicha kaloriya mavjud. Etiboringizni organizmni foydali moddalar bilan toliq taminlay oladigan past kaloriyali ovqatlarga qarating. Albatta bu vazifani hammadan ham yangi meva va sabzavotlar yaxshi bajaradi.

Manba: Trendymen

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (10-10-2017, 19:00)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 9) ( 0) ( 8) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -