» » Vladimirdagi YTH qurboni bo‘lgan 16-o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlandi

Vladimirdagi YTH qurboni bo‘lgan 16-o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlandi


Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida 6-oktabr kuni yuz bergan avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lgan 16-o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlandi.

Shunday qilib, “Interfaks”ning Vladimir viloyati ma’muriyatiga asoslanib xabar berishicha, Vladimirdagi YTH oqibatida halok bo‘lgan 17 kishining barchasining shaxsi va fuqaroligi aniqlandi.

“Hozirgi vaqtda erkak kishining jasadini vataniga yuborish yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni olib borilmoqda”, — dedi Vladimir viloyati ma’muriyati vakili.

Xabarda YTH qurboni bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining ismi-sharifi aytilmagan. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati hozircha axborot bergani yo‘q.

Mavzuga doir: Vladimirda halok bo‘lgan 16 o‘zbekistonlikdan 15-sining shaxsi aniqlandi. U buxorolik 20 yashar yigit bo‘lib chiqdi — uning otasi og‘ir ahvolda

YTH oqibatida 17 kishi — 16 o‘zbekistonlik va bir qozog‘istonlik halok bo‘lgan, uch kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan edi. 36 o‘zbekistonlik maxsus samolyot bilan vatanga qaytarilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston TIV: Vladimirdagi YTHning ahvoli og‘ir jabrlanuvchilarini davolash uchun yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют