» » Vladimirdagi YTHning og‘ir ahvoldagi jabrlanuvchisi — besh yoshli Gulruh vertolyotda Moskvaga ko‘chirilishi mumkin

Vladimirdagi YTHning og‘ir ahvoldagi jabrlanuvchisi — besh yoshli Gulruh vertolyotda Moskvaga ko‘chirilishi mumkin


Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida 6-oktabr kuni avtobus va poyezd o‘rtasidagi to‘qnashuv oqibatida og‘ir jarohatlangan o‘zbekistonlik Gulruh Ziyodullayeva Moskvadagi klinikaga ko‘chirilishi mumkin.

Bu haqda, Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Vladimir viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga asoslanib, “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Jabrlanuvchi qizaloqni vertolyot vositasida Moskvadagi tibbiyot muassasasiga ko‘chirish imkoniyati muhokama qilinmoqda. Bu borada hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan”, — dedi agentlik suhbatdoshi.

YTH oqibatida 17 kishi — 16 o‘zbekistonlik va bir qozog‘istonlik halok bo‘lgan, uch kishi — ularning bari O‘zbekiston fuqarolari — og‘ir ahvolda Vladimir viloyatidagi tibbiyot muassasasiga yotqizilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston TIV: Vladimirdagi YTHning ahvoli og‘ir jabrlanuvchilarini davolash uchun yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi

Avvalroq voyaga yetgan ikki jabrlanuvchi — 1976-yilda tug‘ilgan To‘lqin Tojiyev hamda 1974-yilda tug‘ilgan Mirjon Latipovning ahvoli yaxshi tomonga o‘zgarayotgani, biroq 2012-yilda tug‘ilgan Gulruh Ziyodullayevaning ahvoli hamon og‘irligi ma’lum qilingan edi.

Qayd etish joiz, qurbonlar orasida familiyasi og‘ir ahvoldagi Gulruh Ziyodullayevaniki bilan bir xil, otasining ismi Gulruhniki kabi Mashrab bo‘lgan, 2011-yil 24-iyun tug‘ilgan Gulsanam ismli qiz ham bor. U Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanidan bo‘lgan.

Shuningdek, YTH oqibatida halok bo‘lganlar bolalar orasida 2015-yil 18-may kuni Rossiyada tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida doimiy ro‘yxatda turgan Davlatbek Tangriqulov Mashrabovich ham bor.

Mavzuga doir: Vladimirdagi YTH qurbonlarining jasadlari Termiz, Andijon va Buxoroga yetkazildi

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют