» » Ahmad Shahid boshchiligidagi BMT delegatsiyasi Qoraqalpog‘istonda bo‘ldi

Ahmad Shahid boshchiligidagi BMT delegatsiyasi Qoraqalpog‘istonda bo‘ldi


BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari 9—10-oktabr kunlari Qoraqalpog‘istonda bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mehmonlar Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Musa Yerniyazov va Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyev bilan uchrashdi.

BMT maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Prezidentining Qoraqalpog‘istondagi Xalq qabulxonasida bo‘lib, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning huquqiy asoslari, bu yerda yaratilgan sharoitlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni bilan tanishdi.

Delegatsiya a’zolari, shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi diniy ta’lim muassasasi – Muhammad ibn al-Beruniy nomidagi o‘rta maxsus islom bilim yurtida ham bo‘ldi. Bilim yurti toliblari va mudarrislar bilan suhbatda ushbu ta’lim muassasasida diniy bilimlar bilan birga, dunyoviy ilmlar ham puxta o‘rgatilishi, o‘quv jarayoni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda olib borilishi ta’kidlandi.

Mehmonlar tashrif doirasida “Sahro Luvri” nomi bilan mashhur I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyida ham bo‘lib, Orolbo‘yi xalqlarining qadim tarixi va madaniyatiga oid qimmatbaho osori-atiqalar bilan tanishdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют