» » Avstraliya Suriyani teng o‘ynab, taslim qila olmadi. “Sokkerouz”ga o‘zbekistonlik hakam “yordam berdi”

Avstraliya Suriyani teng o‘ynab, taslim qila olmadi. “Sokkerouz”ga o‘zbekistonlik hakam “yordam berdi”


Avstraliya terma jamoasi JCh—2018 uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. Suriya esa mundial yurishiga yakun yasadi.

Tomonlarning Malayziyada o‘tgan ilk o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgandi. Sidneyda javob o‘yini ham shu hisob bilan yakunlandi. Uni o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib bordi.

Asosiy vaqtda g‘olibni aniqlab bo‘lmagach, 15 daqiqadan ikki qo‘shimcha taym belgilandi. Bunda futbolda kamdan-kam sodir bo‘ladigan holat kuzatildi. Ravshan Ermatov qanot hakami vazifasiga o‘tdi, uning yordamchisi Ilgiz Tantashev esa asosiy referi maqomida ishlay boshladi.

Mana shu o‘zgarish sabab suriyaliklar maydonda 94-daqiqada kam bo‘lib qoldi. Tantashev qo‘polligi uchun Mahmud Al-Mavasni maydondan chetlashtirdi. Maydonda bir kishi ko‘p bo‘lib qolgan mezbonlar esa 109-daqiqada g‘alaba golini urishga erishdi. Shu kuni suriyaliklar darvozasiga kiritilgan har ikki golga ham 37 yoshli Tim Kexill mualliflik qildi.

Avstraliya JCh chiptasini qo‘lga kiritishi uchun endi Shimoliy Amerikaning to‘rtinchi jamoasini taslim qilishi kerak bo‘ladi. Bu boradagi ehtimoliy raqiblar: AQSh, Gonduras va Panama.

JCh—2018. Saralash
Osiyo pley-offi
10-oktabr, seshanba

Gollar: Umar As-Somah, 6 (0:1). Tim Kexill, 13 (1:1). Tim Kexill, 109 (2:1).
Chetlatish: Mahmud Al-Mavas, 94 (S).
Dastlabki o‘yin: 1:1

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют