» » Rossiya Davlat Dumasi Erdo‘g‘onning Qrim haqidagi bayonotiga javob berdi

Rossiya Davlat Dumasi Erdo‘g‘onning Qrim haqidagi bayonotiga javob berdi


Rossiya Davlat Dumasi raisining xalqaro aloqalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Dmitriy Novikov Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Qrim haqidagi so‘zlariga izoh berib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Oldinroq Erdo‘g‘on Kiyevda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida Anqara haligacha Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashini, Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishini tan olmasligini ta’kidlab o‘tdi.

“Bu Turkiya bilan uzoq istiqbolli munosabatlar o‘rnatish juda qiyinligini yana bir bor ko‘rsatib bergan dars bo‘ld i — hokimiyat o‘zgarganda va hatto bitta prezident davrida tashqi siyosatda burilishlar bo‘lishi mumkin. Ammo, umuman olganda, Qrim masalasida Turkiya hech qachon Rossiyaning ittifoqchisi bo‘lmagan. Buni shunchaki hisobga olish kerak va Turkiya siyosatidan ko‘p narsa kutmaslik kerak”, — dedi Novikov.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют