» » Avstraliya Suriyani teng oynab, taslim qila olmadi. Sokkeruzga ozbekistonlik hakam yordam berdi

Avstraliya Suriyani teng oynab, taslim qila olmadi. Sokkeruzga ozbekistonlik hakam yordam berdi


Avstraliya terma jamoasi JCh2018 uchun kurashni davom ettiradigan boldi. Suriya esa mundial yurishiga yakun yasadi.

Tomonlarning Malayziyada otgan ilk oyinida 1:1 hisobi qayd etilgandi. Sidneyda javob oyini ham shu hisob bilan yakunlandi. Uni ozbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib bordi.

Asosiy vaqtda golibni aniqlab bolmagach, 15 daqiqadan ikki qoshimcha taym belgilandi. Bunda futbolda kamdan-kam sodir boladigan holat kuzatildi. Ravshan Ermatov qanot hakami vazifasiga otdi, uning yordamchisi Ilgiz Tantashev esa asosiy referi maqomida ishlay boshladi.

Mana shu ozgarish sabab suriyaliklar maydonda 94-daqiqada kam bolib qoldi. Tantashev qopolligi uchun Mahmud Al-Mavasni maydondan chetlashtirdi. Maydonda bir kishi kop bolib qolgan mezbonlar esa 109-daqiqada galaba golini urishga erishdi. Shu kuni suriyaliklar darvozasiga kiritilgan har ikki golga ham 37 yoshli Tim Kexill mualliflik qildi.

Avstraliya JCh chiptasini qolga kiritishi uchun endi Shimoliy Amerikaning tortinchi jamoasini taslim qilishi kerak boladi. Bu boradagi ehtimoliy raqiblar: AQSh, Gonduras va Panama.

JCh2018. Saralash
Osiyo pley-offi
10-oktabr, seshanba

Gollar: Umar As-Somah, 6 (0:1). Tim Kexill, 13 (1:1). Tim Kexill, 109 (2:1).
Chetlatish: Mahmud Al-Mavas, 94 (S).
Dastlabki oyin: 1:1

Daryo yangiliklarini Facebookda kuzatib boring

: admin (10-10-2017, 20:30)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 3) ( 3)
:
-
:
20 ... -