» » Nyu-Yorkdagi restoran xodimasi Putin sharafiga tayyorlangan burger bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi

Nyu-Yorkdagi restoran xodimasi Putin sharafiga tayyorlangan burger bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi


Nyu-Yorkdagi Lucy’s Cantina Royale restorani xodimasi Darya Pauto Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tug‘ilgan kuni sharafiga besh qavatli burger tayyorlash g‘oyasi haqida maxsus videoda aytib berdi. Videoyozuv TJournal’da chop etildi.

Pautoning so‘zlariga qaraganda, restoran rahbariyati uni ishdan bo‘shatib, bu masalada betaraf pozitsiyani egallagan.

“Men menejerlardan biriga aytganimda, u ‘Okey, qil’ dedi. Syomka ish payti olib borildi. Restoranda tashrifchilar, menejer, rahbar bor edi, lekin ular, aftidan, e’tibor qaratmadi. Vaziyat global miqyos kasb etgach, meni aybdor qilib qo‘yishdi”, — dedi Darya Pauto.

“Gap aslida burgerda emas edi, men bu yaxshi yangilik bo‘ladi deb hisoblagan edim. Negaki Putin jahonda rostanam mashhur shaxs, men uni inson sifatida hurmat qilaman”, — so‘zida davom etdi ayol.

7-oktabr kuni Lucy’s Cantina Royale restoranida Putinning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab besh qavatli tort tayyorlandi. Jarayon aks etgan video maxsus RT uchun tayyorlangan bo‘lib, u agentlikka tegishli Ruptly servisida joylashtirildi, ammo bir muddatdan so‘ng o‘chirib tashlandi.

Restoran rahbariyati kelib chiqqan janjal tufayli ikki nafar xodim ularni chalg‘itib, talabalar loyihasi doirasida video olyapmiz deb, shunday burger tayyorlaganini iddao qildi. Bu ikki xodim ishdan chetlashtirildi. Ular orasida Pauto xonim ham bor.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-10-2017, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют