» » Liftlarning ahvoli har yili tekshiruvdan o‘tkaziladi

Liftlarning ahvoli har yili tekshiruvdan o‘tkaziladi


Vazirlar Mahkamasi 6-oktabrdagi qarori bilan liftlarning texnik xavfsizligi borasidagi reglamentni tasdiqladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Hujjat talablari 40 kilogrammdan boshlanadigan elektrik va gidravlik liftlarga oid, lekin tishli va vintli ko‘tarish mexanizmiga ega liftlarni, foydali qazilmalarni olishda konlarda, suzuvchi vositalarda, uchish apparatlarida va harbiy maqsadlarda ishlatiladigan liftlarni qamrab olmaydi.

Reglamentga ko‘ra, liftlarni montaj qilish, ulardan foydalanish, ularni ko‘zdan kechirish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni lift egasi tashkil etadi. Shuningdek, u liftni tegishli maqsadda ishlatilishini nazorat qiladi.

Liftlarni montaj qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish maxsus tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. U yiliga bir marta liftlarni texnik guvohlikdan o‘tkazadi va lift pasportiga tegishli yozuv kiritadi.

Agar lift pasportida xizmat muddati haqida ma’lumotlar bo‘lmasa, uning ishlash muddati 25 yil qilib belgilanadi. Belgilangan muddat tugashi bilan liftdan foydalanish faqat “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi ruxsatiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Reglament 2018-yil aprelidan amalga kiritiladi. Bunga qadar Do etogo“Sanoatgeokontexnazorat” liftlarni o‘rnatish va xavfsiz ishlatish qoidalarini ishlab chiqishi lozim.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-10-2017, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют