» » KXDR xakerlari AQSh va Janubiy Koreyaning operativ harbiy rejalarini o‘g‘irlashga erishdi

KXDR xakerlari AQSh va Janubiy Koreyaning operativ harbiy rejalarini o‘g‘irlashga erishdi


Shimoliy Koreya xakerlari Janub va AQShga oid ko‘p miqdordagi harbiy hujjatlarni o‘g‘irlashga erishdi. Ular orasida ikki mamlakatning harbiy davrga mo‘ljallangan operativ rejasi ham bor. Bu haqda Koreya demokratik partiyasi deputati Ri Cheol Xi Yonhap agentligiga ma’lum qildi.

Hujum o‘tgan yil sentabrida amalga oshirilgan edi. Defense Integrated Data Center’ga (mudofaa axborotini saqlash bo‘yicha birlashgan markaz) uyushtirilgan hujum oqibatida 5015 va 3100 operativ rejalari o‘g‘irlangan.

AQSh va Janubiy Koreya harbiylari hamkorligida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan birinchi hujjatda KXDR bilan keng miqyosli urush boshlangan taqdirda amalga kirajak harakatlar rejasi aks etgan. Shuningdek, unda Shimoliy Koreya rahbariyatini yo‘q qilish haqida band bor. Ikkinchi hujjatda Seulning Pxenyan tomonidan amalga oshirilgan lokal provokatsiyalarga javobi haqida so‘z boradi.

Ri Cheol Xi jami 235 gigabayt hajmidagi hujjatlar o‘g‘irlanganini bildirib o‘tdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-10-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 11) ( 0) ( 10) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют