» » Moliya vazirligi budjet qonunchiligining asosiy buzilishlari haqida xabar qildi

Moliya vazirligi budjet qonunchiligining asosiy buzilishlari haqida xabar qildi


Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi budjet tashkilotlaridagi tekshiruvlar chog‘ida qayd qilinadigan asosiy budjet qonunchiligi buzilishi holatlarini qayd qilib o‘tdi. Bu haqda idora saytida ma’lum qilindi.

– budjet muassasalari tomonidan xarajatlar smetasini rejalashtirishda amaldagi me‘yoriy hujjatlar talablari chuqur o‘rganilmaganligi natijasida budjetdan ortiqcha mablag‘ olish;

– umumta‘lim muassasalarida tarifikatsiya jadvalini tuzishda vakant soatlarga yuqori toifali tarif razryadlari qo‘llanilishi natijasidan budjetdan ortiqcha mablag‘ olish;

– turli sabablar bilan o‘tilmagan dars soatlari hisobidan iqtisod bo‘lgan mablag‘larni o‘z vaqtida (hisobot davri yakuni bilan) tegishli budjetga qaytarilmasligi;

– vakant saqlanayotgan shtat birliklari hisobidan iqtisod bo‘lgan mablag‘larni o‘z vaqtida (hisobot davri yakuni bilan) tegishli budjetga qaytarilmasligi;

– mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi razryadlarini va koeffitsiyentlarini hamda ustama to‘lovlarini noto‘g‘ri qo‘llash hisobiga ortiqcha xarajatlarga yo‘l quyish;

– ishlamaydigan xodimlarning plastik kartochkalariga mablag‘ o‘tkazib berish;

– muassasa rahbarlari o‘z nomlariga va yaqin tanishlari nomiga ochilgan plastik kartochkalarga budjet mablag‘larini ortiqcha o‘tkazib o‘zlashtirish;

– pul to‘lov varaqalarini soxtalashtirish orqali o‘zlashtirish;

– qurilish ta‘mirlash ishlariga ajratilgan mablag‘larni hisobotlarga bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozib o‘zlashtirish;

– olinmagan tovar moddiy boyliklar uchun budjet mablag‘larini yo‘llash;

– tovar-moddiy boyliklarni qimmat narxlarda yetkazilishi, shartnomada ko‘rsatilgan tovar-moddiy boyliklar o‘rniga boshqa xildagi mahsulotlarni kirim qilinishi;

– tovar moddiy boyliklar kamomadi va o‘zlashtirilishi;

– oziq-ovqat, dori-darmon, yoqilg‘i-moylash va boshqa mahsulotlarini xarajatga chiqarish normalariga rioya qilmaslik;

– budjet muassasalarida ishlovchi xodimlar soxta diplom va malaka toifalari guvohnomalari bilan hamda nostrifikatsiyadan o‘tkazilmagan chet el ta‘lim muassasalari diplomlari bilan faoliyat yuritishlari.

2017-yilning birinchi yarim yilligida idora va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 6623 nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ularning 5978 tasida jami 48 milliard 150,7 million so‘mlik sumov o‘g‘irlik, o‘zlashtirish, kamomad, noqonuniy xarajatlar aniqlandi. Bu summaning 39 milliard 099,9 million so‘mlik qismi budjetga qaytarildi. 35 milliard 701,8 million so‘mlik zarar keltirgan 2068 ta materiallar huquq-tartibot organlariga taqdim etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-10-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 8) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют