» » Qoraqalpog‘istonlik bir guruh shaxslarga fuqarolik pasportlari topshirildi

Qoraqalpog‘istonlik bir guruh shaxslarga fuqarolik pasportlari topshirildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida Prezident farmoni bilan O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan bir guruh shaxslarga fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Fuqarolik pasportiga ega bo‘lganlar orasida nukuslik Komiljon Yo‘ldoshev ham bor. U qo‘shni Turkmanistonda tug‘ilib o‘sgan. O‘rta maktabni tamomlagach, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida tahsil olgan. Ko‘p yillardan buyon savdo sohasida samarali mehnat qilib kelmoqda. Turmush o‘rtog‘i bilan ikki o‘g‘il va ikki qizni tarbiyalab kamolga yetkazdi.

“Bugun chorak asr davomida armon bo‘lib kelgan orzuim amalga oshdi, — dedi Komiljon. — O‘zim va farzandlarim yashab, mehnat qilayotgan davlat fuqarosi bo‘ldim. Men ham endi barcha kabi o‘z huquqlarimdan emin-erkin foydalana olaman. Saylovlarda ishtirok etib, yurtimiz kelajagi uchun ovoz beraman. Bunday baxtga muyassar qilgan Prezidentimizdan minnatdorman. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lganimdan faxrlanaman”.

Shuningdek, tadbirda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari hamda umumta’lim maktablarining 16 yoshga to‘lgan o‘quvchilaridan bir guruhiga biometrik pasport topshirildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M. Yerniyazov so‘zga chiqdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-10-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют