» » Shveysariyada Marseldagi hujumga aloqadorlikda gumon qilingan tunisliklar ushlandi

Shveysariyada Marseldagi hujumga aloqadorlikda gumon qilingan tunisliklar ushlandi


Shveysariya politsiyasi ikki Tunis fuqarosini ushladi. Ular oktabr oyida Marsel vokzalida uyushtirilgan hujumga aloqadorlikda gumon qilinmoqda, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Ikkisi ham 9-oktabr kuni Shveysariya va Italiya chegarasida ushlandi. Gumondorlar Shveysariya hududida qochqin maqomini olmoqchi edi.

1-oktabr kuni 29 yoshli tunislik Ahmad Xanachi Marseldagi Sen-Sharl vokzalida o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qildi. Buning oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Jinoyatchi huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan o‘ldirildi.

Hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-10-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 12) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют