» » Andijon va Namangandagi paxta terimchilariga konsertlar uyushtirib berildi (foto)

Andijon va Namangandagi paxta terimchilariga konsertlar uyushtirib berildi (foto)


Andijon va Namangan viloyatlarida paxta yig‘im-terimida qatnashayotgan terimchilar uchun madaniy tadbirlar uyushtirildi. Bu haqda madaniyat vazirligi saytida ma’lum qilindi.

Xususan, 8-oktabr kuni Andijonning barcha tumanlaridagi paxta dalalarida O‘zbekistonda xalq va xizmat ko‘rsatgan artistlari ishtirokidagi konsert dasturlari namoyish etildi. Shu jumladan, Buloqboshi tumanida Rohila Ro‘zimova, Marhamat tumanida Akbar Atamuhamedov, Oltinko‘l tumanida Munojot Yo‘lchiyeva, Baliqchi tumanida Shoxruhxon Yo‘ldoshev, Jalaquduq tumanida Yulduz Turdiyeva va Aygul Nadirova, Izboskan tumanida Ozodbek Nazarbekov, Sherali Jo‘rayev hamda Sayyoda Nartajiyeva, Xo‘jaobod tumanida Yahyo Mo‘minov va Muhsin Mo‘minov, Ulug‘nor tumanida Ulug‘bek Rahmatullayev, Bo‘z tumanida Alisher Fayz, Shahrixon tumanida Jenisbek Piyazov, Paxtaobod tumanida Surxon guruxi, Samandar Alimov, Zulayxo Boyxonovalar ishtirok etdi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston madaniyat vaziri B. Sayfullayev nomidan madaniyat va san’at sohasiga o‘z hissasini qo‘shgan andijonlik ustoz murabbiylarga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Bundan tashqari, Namangan viloyatining barcha tumanlariga 25-sentabrdan 8-oktabrga qadar Namangan viloyatida boshqarma tizimidagi tuman madaniyat bo‘limlaridagi xalq unvoniga ega bo‘lgan badiiy jamoalar tomonidan terimchilar uchun 277 dan ortiq madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlarda viloyatdan “Namangan navolar” va “Namangan gullari” ashula va raqs ansambllari, “Samo” vokal cholg‘u ansambli O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehri Abdullayeva, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Shavkat Ergashev, Bekzod Baxromov, xonandalar Hamidjon Mallaboyev, Jaloliddin Usmonov, Shavkat Hamdamov, Komiljon Ne’matov, Umidjon Qoraboyev, Umid Mamadaliyev, Oydina Sultonova, Muhabbat Yo‘ldashevalar ishtirok etib kelmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-10-2017, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют