» » 1-yanvardan jonivorlarning majburiy pullik ro‘yxatdan o‘tkazilishi joriy etiladi

1-yanvardan jonivorlarning majburiy pullik ro‘yxatdan o‘tkazilishi joriy etiladi


1-yanvardan O‘zbekistonda jonivorlar identfikatsiyasi, ro‘yxatga olinishi va ro‘yxatdan chiqarilishi tartibi joriy etilmoqda. Qaror 22-sentabr kuni qabul qilingan edi, deb xabar beradi Uz24.

Hujjatga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli jonivorlarga individual raqam beriladi. Jonivorlarning turiga ko‘ra identifikatsiya birka, markirovka, jeton, chip shaklida bo‘lishi mumkin. Jonivorlar haqidagi ma’lumotlar elektron ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.

Identifikatsiya xizmati pullik bo‘ladi. To‘lov narxi va shartlari Davlat veterinariya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.

Yirik shoxli chorva, qo‘y-qo‘zi va tuyalar tug‘ilganidan 14 kun o‘tib, bir oydan kechikmagan holda, toychoq va ho‘tiklar — to‘rt oyligida, cho‘chqa bolalari — bir oyligida, kuchuk va mushuklar — uch oyligida hisobga qo‘yiladi.

Jonivor so‘yilgach yoki vafot etgach, uning identifikatsion raqami va veterinar pasporti davlat veterinariya xizmatiga topshiriladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют