» » Avstriyada akula kostyumidagi o‘smir jarimaga tortildi

Avstriyada akula kostyumidagi o‘smir jarimaga tortildi


Avstriya poytaxti Venada politsiya akula kostyumini kiyib, elektronika do‘konining ochilish marosimida ishlayotgan o‘smirni jarimaga tortdi. Politsiya xodimlari kostyumdagi o‘smirdan boshidagi niqobni yechishni so‘ragan, biroq o‘smir buni rad etib, o‘z ishini qilayotaganini aytgan. Politsiyachilarning ma’lumotlariga ko‘ra, ularga noma’lum kishi niqobdagi o‘smir ustidan shikoyat qilgan. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Gap shundaki, yaqinda Avstriyada qochoqlarni qabul qilish dasturi doirasida va teraktlarning oldini olish uchun yuzni yashirishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Politsiya paranji yopingan yoki uning shaxsini aniqlashni qiyinlashtiruvchi boshqa kiyim kiygan kishini 150 yevro miqdorida jarimaga tortish huquqiga ega. Motoshlemlar, tibbiy niqoblar va respiratorlar bu qoidadan mustasno qilingan.

Vena politsiyasi vakilining ta’kidlashicha, qonun ish yuzasidan niqob yoki kostyum kiyishga majbur bo‘lgan avstriyaliklarga nisbatan qo‘llanilmaydi. U politsiyachilar o‘smir bilan bog‘liq ishni qayta ko‘rib chiqishiga va jarimaning bekor qilinishiga umid qilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 05:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют