» » Krishtianu Ronaldu va Yevropa chempioni Portugaliya JCh—2018 chiptasini qo‘lga kiritdi

Krishtianu Ronaldu va Yevropa chempioni Portugaliya JCh—2018 chiptasini qo‘lga kiritdi


Yevro—2016 g‘olibi sifatida JCh—2018 saralashiga kirishgan Portugaliya terma jamoasi, bu yo‘lda muvaffaqiyatga erishdi.

Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari saralashning ilk turida Shveysariyadan 0:2 hisobida yengilgandi. So‘nggi turda buning uchun intiqom olindi — 2:0. Mazkur g‘alaba Portugaliya termasiga Rossiya mundiali chiptasini taqdim etdi.

Ketma-ket 9 ta uchrashuvda zafar quchib, faqatgina so‘nggisida imkoniyatni boy bergan Shveysariya termasi pley-off yo‘llanmasidan umid qiladigan bo‘ldi. Bu borada Shveysariya 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan mamlakatlar orasida eng yaxshi natija qayd etgani bo‘ldi.

Krishtianu Ronaldu saralashni 15 ta gol bilan yakunladi va polshalik Robert Levandovskidan 1 ta aniq zarba ortda qoldi. Levandovski Yevropa saralashida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida tarixga kirdi.

JCh—2018. Saralash
“B” guruhi. 10-tur
10-oktabr, seshanba

Gollar: Yoxan Juru, 41-avt (1:0). Andre Silva, 57 (2:0).

Gol: Daniel Bede, 81 (1:0).

Gollar: Davis Ikauniyeks, 11 (1:0). Valeriy Shabala, 19 (2:0). Valeriy Shabala, 59 (3:0). Igor Tarasov, 63 (4:0).

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Misr, Polsha, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 06:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 7) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют