» » Fransiya JCh—2018 da! Gollandiya esa undan alamli tarzda chetda qoldi

Fransiya JCh—2018 da! Gollandiya esa undan alamli tarzda chetda qoldi


Braziliya—2014 mundialida yarim finalga qadar yetib borgan, keyinroq 3-o‘rin uchun bahsda mezbonlarni yirik hisobda taslim qilib, mundialning bronza medallarini qo‘lga kiritgan Gollandiya termasi Rossiya—2018 dan chetda qoldi.

Sababi JCh saralashida ochkolardan keyin o‘zaro o‘yinlar emas, balki to‘plar nisbati hal qiluvchi rolda bo‘ladi. Shvetsiya va Gollandiya termalari ilk uchrashuvda 1:1 hisobiga imzo chekkandi. Takroriy bellashuvda Aryen Robbenning dubli gollandlar g‘alabasini ta’minlab berdi. Biroq to‘plar nisbati shvedlar foydasiga ishlab turgandi.

Gollandiya Rossiya mundialiga borishni istasa, so‘nggi turda Shvetsiya ustidan 7 ta gol farqi bilan zafar quchishi kerak edi. Birinchi bo‘limda 2 ta gol urgan Gollandiya, ikkinchi 45 daqiqalikda taqdirga tan berdi.

Yevro—2016 finaliga qadar yetib borgan Fransiya termasi esa peshqadam sifatida mundial chiptasini qo‘lga kiritdi. Desham jamoasi shvedlardan ham, gollandlardan ham kamroq gol urdi, shunga qaramay, vazifani muvaffaqiyatli uddaladi.

JCh—2018. Saralash
“A” guruhi. 10-tur
10-oktabr, seshanba

Gollar: Antuan Grizmann, 27 (1:0). Olivye Jiru, 33 (2:0). Anton Saroka, 44 (2:1).

Gollar: Aryen Robben, 16-pen (1:0). Aryen Robben, 40 (2:0).

Gollar: Olivye Till, 3 (1:0). Ivaylo Chochev, 68 (1:1).

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Misr, Polsha, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 06:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 127) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют