» » Messi so‘nggi turda xet-trik qayd etib, Argentina termasini JCh—2018 ga olib chiqdi

Messi so‘nggi turda xet-trik qayd etib, Argentina termasini JCh—2018 ga olib chiqdi


Argentina milliy terma jamoasi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida ishtirok etdi. Lionel Messi vatandoshlari 3 yil avval Braziliya mezbonlik qilgan mundialda finalga qadar yetib borib, Germaniyadan yengilgandi — 0:1.

So‘nggi tur oldidan ham Xorxe Sampaoli boshchilik qilayotgan Argentina termasi 5-o‘rinda borayotgandi. Aynan 18-turga kelib argentinalik futbolchilar Ekvador maydonida zafar quchdi. Bellashuvda “Barselona” hujumchisi Lionel Messi xet-trik qayd etdi.

Shu tariqa Messi xalq qahramoniga aylandi. Bungacha Muhammad Saloh Misr qahramoni sifatida, Tim Kexill Avstraliya qahramoni sifatida tan olingandi. Qiziq tomoni, Messi va Ronalduning mundialga yo‘l olishi bir kunga to‘g‘ri keldi.

Janubiy Amerikada saralashning so‘nggi tur uchrashuvlari bir vaqtda boshlangandi. Yakunda Aleksis Sanches, Arturo Vidal kabi yulduzlari bor bo‘lgan Chili mundialdan chetda qoldi. So‘nggi turni Braziliyada o‘tkazgan chililik futbolchilar yirik mag‘lubiyat qabul qilib oldi. Braziliya mundial chiptasiga birinchi bo‘lib ega chiqqan bo‘lsa-da, so‘nggi turga qadar hujumkorlikni susaytirmadi va Neymar vatandoshlari saralashni faqatgina 1 ta mag‘lubiyat bilan yakunladi.

Luis Suares, Edinson Kavani kabi hujumchilari bor Urugvay termasi ham Rossiyadagi Jahon Chempionatiga tashrif buyuradi. Aynan shu futbolchilar so‘nggi turda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, urugvaylik ikki himoyachi avtogol muallifiga aylandi. Biroq bu muvaffaqiyat uchun to‘sqinlik qilmadi.

Braziliya—2014 keyin “Real” safiga kelib qo‘shilgan, o‘tgan vaqt davomida ishlari u qadar yurishmay, “Bavariya”ga o‘tgan Xames Rodrigesning goli Kolumbiya termasi joniga oro kirdi. Kolumbiyaliklar so‘nggi chiptani o‘ziniki qilib oldi.

Peru 5-o‘ringa ega chiqdi. Ular saralashda Chili bilan bir xilda ochko jamg‘ardi. Biroq to‘plar nisbati Peruda +1, Chilida esa -1. Agar chililik futbolchilar Braziliyada 0:3 hisobida emas, hech bo‘lmaganda 1 ta gol farqi bilan mag‘lub bo‘lganida ham, pley-off yo‘llanmasiga ilinib olardi. Vaholanki, tomonlarning o‘zaro o‘yinlarining har ikkisida ham Chili Peruni taslim qilgan: 4:3 va 2:1. Biroq to‘plar nisbati Peru foydasiga bo‘ldi.

Peru endilikda yarimta chiptani 1 taga aylantirish uchun Yangi Zelandiyaga qarshi saf tortadi.

JCh—2018. Saralash
CONMEBOL. 18-tur
11-oktabr, chorshanba

Gollar: Paulinyo, 55 (1:0). Gabriel Jesus, 57 (2:0). Gabriel Jesus, 90 (3:0).

Gollar: Romario Ibarra, 1 (1:0). Lionel Messi, 12 (0:1). Lionel Messi, 20 (1:2). Lionel Messi, 62 (1:3).

Gol: Anhel Errera, 84 (0:1).
Chetlatishlar: Gustavo Gomes, 90 (P). Viker Anhel, 90 (V).

Gollar: Xames Rodriges, 56 (0:1). Paolo Gerrero, 74 (1:1).

Gollar: Gaston Silva, 24-avt (0:1). Martir Kaseres, 39 (1:1). Edinson Kavani, 42 (2:1). Luis Suares, 60 (3:1). Luis Suares, 76 (4:1). Diyego Godin, 79 (4:2).

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Misr, Polsha, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 07:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют