» » AQSh termasi JCh—2018 saralashida “qahramonlarcha halok bo‘ldi”. Panama esa mundialda

AQSh termasi JCh—2018 saralashida “qahramonlarcha halok bo‘ldi”. Panama esa mundialda


CONCACAF mintaqasining yetakchisi sifatida e’tirof etiladigan AQSh termasi JCh—2018 saralashidan so‘ng hech bo‘lmaganda pley-offga ham ilina olmadi.

So‘nggi turga qadar AQSh ta’qibchilari bo‘lgan Panama va Gonduras termalaridan 2 ochkoga o‘zib ketgandi. Aynan 10-tur turnir jadvalining oyog‘ini osmondan qilib yubordi.

Hammasi amerikalik futbolchilarning o‘z qo‘lida edi. Biroq ular mundialdan umidini allaqachon uzib bo‘lgan Trinidad va Tobago termasidan mag‘lubiyat qabul qilib oldi. Hattoki durang natija ham AQShga mundial chiptasini taqdim etardi. Biroq ular xuddi Chili kabi so‘nggi daqiqalar “qurboni” bo‘lishdi.

Panama esa o‘z maydonida Kosta-Rikani yengib, mundialga berilgan uchinchi chiptani o‘ziniki qilib olgandi. Bungacha Meksika va Kosta-Rika dastlabki ikki chiptani qo‘lga kiritib bo‘lgandi.

AQShning mundialdan chetda qolishida Kosta-Rika va Meksikaning so‘nggi turga jiddiy e’tiborda bo‘lmagani ham sabab bo‘ldi. Boisi ular missiyani allaqachon muvaffaqiyatli uddalab bo‘lgandi. Meksikalik futbolchilar ham so‘nggi turda mag‘lub bo‘lib, Gonduras termasiga pley-off yo‘llanmasini taqdim etdi.

Gonduras yarimta yo‘llanmani 1 taga aylantirish uchun Avstraliyaga qarshi ikki o‘yin o‘tkazadi.

JCh—2018. Saralash
CONCACAF. 10-tur
11-oktabr, chorshanba

Gollar: Oribe Peralta, 17 (0:1). Albert Elis, 34 (1:1). Karlos Vela, 37 (1:2). Gilyermo Ochoa, 54-avt (2:2). Romel Kito, 60 (3:2).

Gollar: Jon Venegas, 36 (0:1). Gabriyel Torres, 52 (1:1). Roman Torres, 87 (2:1).

Gollar: Omar Gonsales, 17-avt (1:0). Alvin Jons, 37 (2:0). Kristian Pulishich, 47 (2:1).

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Misr, Polsha, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya, Panama.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-10-2017, 07:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют