» » Yuridik kollejda pichoqbozlik uyushtirgan o‘quvchilar ilgari jinoyat ishlari ishtirokchilari bo‘lgan

Yuridik kollejda pichoqbozlik uyushtirgan o‘quvchilar ilgari jinoyat ishlari ishtirokchilari bo‘lgan


Toshkent yuridik kollejining pichoqbozlik uyushtirgan o‘quvchilari ichki ro‘yxatda turgan va bir qator jinoiy ishlar ishtirokchisi bo‘lgan, deb yozadi “Nuz.uz”.

Nashr aniqlashtirishicha, marhum Asadbek Parpiboyevga nisbatan shu yilning sentabrida Jinoyat kodeksining qasddan yengil tan jarohatlari berish moddasida ko‘zda tutilgan jinoyat belgilari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qurolli mushtlashuvdagi ikkinchi jabrlanuvchi — Rahmatilla Yorqoriyev esa bezorilik holati bo‘yicha Jinoyat kodeksining 277-moddasi bo‘yicha boshqa bir jinoyat ishi ishtirokchisi bo‘lgan. Ayni paytda ish Chilonzor tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda.

O‘z kursdoshlarini pichoq bilan yaralagan Saidkamron Saidvaliyev hech qanday jinoiy ish ishtirokchisi bo‘lmagan. Ammo ularning uchalasi ham ma’lum bir ayblari uchun kollejning ichki ro‘yxatiga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6-oktabr kuni Toshkent yuridik kollejida o‘qiydigan 3-kurs talabalari o‘rtasida kelishmovchilik sodir bo‘lgan, oqibatda Saidkamron Saidvohidov o‘zining ikki nafar kursdoshiga pichoq orqali tan jarohati yetkazgan. Ulardan biri — Asadbek Parpiboyev qon ketishi oqibatida shifoxonada vafot etgan. Jabrlanuvchilarning ikkinchisi — Rahmatilla Yorqoriyevga esa zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berib yuborilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (“jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov olib borilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-10-2017, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют