» » Gorbachyov G‘arbga ketishdan bosh tortdi

Gorbachyov G‘arbga ketishdan bosh tortdi


Sobiq ittifoq sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov o‘zining “Optimist bo‘lib qolaman” degan yangi kitobi taqdimotida uning G‘arbda mashhurligi haqidagi gaplarni izohladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Taqdimot mehmonlari siyosatchiga u G‘arbda yanada taniqliroq ekanligi haqidagi keng tarqalgan fikrni eslatdi.

“Biroq men G‘arbga ko‘chib ketmayman, men Rossiyada yashab qolaman”, — dedi Gorbachyov.

U ushbu kitob “terma solyanka” (ruslarga xos sho‘rtak taom) ekanligini, unda u turli yillardagi voqealarni esga olishini qo‘shib qo‘ydi.

“Shuning uchun uni terma solyanka deb atayapman. Mazali, qiziqarli — bunga hali o‘zingiz baho berasiz, hammaning didi har xil, balki siz umuman boshqacha solyankani yoqtirarsiz”, — dedi Gorbachyov.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют