» » Iroq armiyasi Al-Huvayja shahrini IShID jangarilaridan to‘liq ozod etdi

Iroq armiyasi Al-Huvayja shahrini IShID jangarilaridan to‘liq ozod etdi


Iroq hukumat kuchlari mamlakat shimoli-sharqida joylashgan Al-Huvayja shahrini IShID terrorchilik guruhidan to‘liq ozod etdi, deb yozadi “TASS”.

Iroq armiyasi qo‘mondonligi rasmiy vakili aytishicha, “Iroq armiyasining ilg‘or qismlari xalq lashkari otryadlari bilan hamkorlikda Al-Huvayjani terrorchilardan ozod qilish operatsiyasining ikkinchi bosqichini yakunlagan va shahar ustidan to‘liq nazoratni qayta tiklash vazifasini bajargan”.

Uning ta’kidlashicha, bu vaqt ichida harbiy kampaniya doirasida Al-Huvayja yaqinidagi 161 ta qishloq ozod etilgan va Al-Huvayjani Kirkuk bilan bog‘lovchi, hududning asosiy trassasasi nazorat ostiga olingan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют