» » Pentagon Trampga KXDRga qarshi harbiy harakatlar variantlari haqida axborot berdi

Pentagon Trampga KXDRga qarshi harbiy harakatlar variantlari haqida axborot berdi


AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis va Amerika qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Jozef Danford 10-oktabr, seshanba kuni prezident Donald Trampni KXDRga qarshi harbiy operatsiyalarning uchta varianti haqida xabardor qildi, ulardan biri unga preventiv zarba berishni ko‘zda tutadi, deb yozadi “TASS” Oq uy matbuot xizmatiga tayanib.

Xabarda ta’kidlanishicha, Amerika yetakchisi “milliy xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi jamoasi a’zolari bilan majlis o‘tkazib, Jeyms Mettis va Jozef Danfordning brifinglarini tinglagan”.

“Brifing va muhokama Shimoliy Koreya tomonidan bo‘ladigan har qanday shakldagi tajovuzga javob variantlariga yoki zarur bo‘lgan taqdirda, Shimoliy Koreyaning AQShga yoki ittifoqdoshlariga yadro quroli bilan tahdid qilishi oldini olishga qaratildi”, — deyiladi Oq uy xabarida.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 12) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют