» » KKF direktori fond Usmonovning da’vosi bo‘yicha sud qarorini bajarganini aytdi

KKF direktori fond Usmonovning da’vosi bo‘yicha sud qarorini bajarganini aytdi


Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (KKF) direktori Roman Rubanov tashkilot “U sizga Dimon emas” tadqiqotidagi ma’lumotlarni o‘chirib tashlash va rad etishni talab qilgan milliarder Alisher Usmonovning da’vosi bo‘yicha sud qarorini bajarganini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Rubanov ta’kidlashicha, KKF sud qarori film joylangan YouTube-kanal va dimon.navalny.com sayti (u yerdan materiallar o‘chirib tashlanmagan)ga egalik qiluvchi Aleksey Navalniy tomonidan bajarilishi uchun javobgar emas.

KKF saytida haqiqatan ham Moskvaning Lyublinskiy tuman sudi qarori bo‘yicha raddiya e’lon qilingan. Ammo Rubanovning so‘zlari bo‘yicha, go‘yoki, raddiya joylangan KKFning YouTube-kanali haqida hech narsa ma’lum emas.

10-oktabr kuni Roman Rubanov Alisher Usmonovning da’vosi bo‘yicha sud  qaroridan keyin “U sizga Dimon emas” filmi parchalari o‘chirib tashlanmagani uchun hibsga olingan edi. Keyinroq uni chaqirgan vaqtda hozir bo‘lish majburiyati ostida qo‘yib yuborishdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-10-2017, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют