» » Jirinovskiy AQSh Shimoliy Koreyaga zarba berishiga ishonchi komilligini aytdi

Jirinovskiy AQSh Shimoliy Koreyaga zarba berishiga ishonchi komilligini aytdi


Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy fikricha, Vashington Shimoliy Koreyaga zarba beradi, chunki AQShdagi ichki siyosiy vaziyat Amerika prezidenti Donald Trampga urush boshlab yuborish uchun turtki beradi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Fraksiya majlisida qatnashgan partiya a’zosi nashrga ma’lum qilishicha, Jirinovskiy hammaga AQSh tomonidan KXDRga hujum bo‘lish-bo‘lmasligi haqidagi savolga javob berishni taklif qilgan. Ko‘pchilik AQSh bunday chora ko‘rmaydi, deb fikr bildirgan. Jirinovsiy esa ozchilik tarafida ekanligini, hujum amalga oshishini aytgan.

Jirinovskiy bildirgan fikrga ko‘ra, Trampning qarshisiga iste’fo yoki urush tanlovi qo‘yilgach, u urush boshlashga majbur qoladi. RLDP yetakchisi ta’kidlashicha, Trampdan avvalgi prezidenti — Barak Obama boshqa sharoitlarda ishlagan va ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-10-2017, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 9) ( 0) ( 7) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют