» » Toshkentda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq shartnomalarda endi ma’lumotnomalar talab qilinmaydi

Toshkentda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq shartnomalarda endi ma’lumotnomalar talab qilinmaydi


Toshkentdagi notarial idoralar 11-oktabrdan ko‘chmas mulk obyektlarini oldi-sotdi qilish, ayirboshlash va hadya qilish bo‘yicha shartnomalarni amalga oshirishda Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasidan idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan axborot olishni boshladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasiga tayanib.

“Bugungi kundan boshlab Toshkent shahar Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan ko‘chmas mulkni oldi-sotdi qilish, ayirboshlash va hadya qilish uchun qog‘oz ma’lumotnomalar berilishi to‘liq to‘xtatildi”, — deya ma’lum qilishdi Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasidan.

So‘nggi oylarda notarial idoralar tomonidan soliq va kommunal qarzdorliklar yo‘qligi haqida axborot olinishi elektron shaklga o‘tkazilgan. Hozirda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq shartnomalarni rasmiylashtirishda faqat ro‘yxatda turgan shaxslar haqidagi ma’lumotnoma kerak bo‘ladi. Xususiy uylar bilan bog‘liq shartnomalar bo‘yicha hamon gazdan qarzi yo‘qligi haqidagi ma’lumotnoma talab qilinadi, ammo u ham yaqin orada kerak bo‘lmaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-10-2017, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют