» » Kuz faslida tanangizni isituvchi foydali choylarning 5 turi

Kuz faslida tanangizni isituvchi foydali choylarning 5 turi


Sizning kayfiyatingizni ko‘taradigan, kuzning hatto eng og‘ir va yomg‘irli kunlarida ham tinchlantirishga yordam beradigan choylarning eng foydali turlari haqida gapirmoqchimiz.

O‘tli choylar

O‘tli choy — o‘z sog‘lig‘ini ehtiyotkorlik va yoqimli tarzda parvarish qilishning ajoyib namunasi bo‘la oladi. Bunday ichimliklarni bir yoki bir necha o‘tlardan foydalanib va unga sevimli mevalardan qo‘shib tayyorlash mumkin.

Aynan o‘tli choylar tarkibida eng ko‘p flavonoidlar — organizmdan shlaklar va toksinlarni chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan, shuningdek metabolizmga va yurak-tomir tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar mavjud. Va albatta, boshqa hamma choylar singari o‘tli choylar ham antioksidantlar va vitaminlarga juda boydir.

Jo‘ka (lipa) choyi

Jo‘ka choyi — asal hidli, g‘oyatda foydali, xushbo‘y va shirin ichimlik. Uni tayyorlash uchun yangi yoki quritilgan jo‘kadan foydalanishingiz mumkin.

Bu ichimlikni yaxshisi oldindan qizdirilgan chinni choynakka damlaganingiz ma’qul. Bir-ikki qoshiq jo‘ka gullarining ustidan qaynoq suv quying va 5-10 daqiqa damlanish uchun qoldiring. Agar uning ichiga asal yoki murabbo,  jo‘ka gullariga esa meva po‘stlog‘i yoki yalpiz barglaridan qo‘shsangiz choy yanada mazaliroq bo‘ladi.

Rezavor mevalardan choy

Rezavor mevali choy — kuz faslida ichish shart bo‘lgan ichimlik. Hamma rezavor mevalar immunitetni mustahkamlashda va shamollash kasalliklarining oldini olishda muhim rol o‘ynovchi C vitaminiga juda boy.

Bundan tashqari ularning tarkibi vitaminlar va mikroelementlar: teri va sochlar uchun zarur bo‘lgan A va E vitaminlari, organizmdagi hujayralar va to‘qimalarning o‘sishi va qayta tiklanishi uchun muhim bo‘lgan B2 va B9 vitaminlari, yaxshi kayfiyat uchun eng zarur bo‘lgan kaliy, kalsiy, temir va magniy moddalariga to‘la.

Na’matakli choy

Na’matak — yuqorida sanab o‘tilgan barcha foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan rezavor meva hisoblanadi.

Biz sizga na’matakdan mazali va foydali choy, ko‘zgi kasalliklarning oldini olish uchun esa termosda damlama tayyorlashni maslahat beramiz.

Manba: “Kitchenmag.ru”

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 15) ( 0) ( 14) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют