» » Reyting: “Istiqlol” san’at saroyidagi kuzning eng qimmat konsert dasturlari

Reyting: “Istiqlol” san’at saroyidagi kuzning eng qimmat konsert dasturlari


Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida ham konsertlar mavsumi ochildi. Jurnalist Feruz Muhammad san’at saroyida bo‘lib, chiptalarning kassadagi narxlari asosida eng qimmat konsertlar reytingini tuzdi.

3-oktabrda “E’zozdasiz, aziz ustozlar!” gala konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. “Dizayn” guruhining konsert dasturi 4—10-dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ikkala dasturning ham eng arzon chiptasi 15 ming so‘m, eng qimmati esa 80 ming so‘m qilib belgilangan.

Xonandaning 9—10-oktabr kunlari jonli ijroda bo‘lib o‘tadigan konsertga kirish narxi 10 ming so‘mdan boshlanib, 100 ming so‘mgacha yetadi.

Qiziqchi Avaz Oxunning 1—5-noyabrda bo‘ladigan tomoshasiga eng arzon kirish chiptasi esa 15 ming so‘m, eng qimmati esa 100 ming so‘m qilib belgilangan.

Xonandaning 14, 15, 16-noyabr kunlari bo‘ladigan konsertga kirish narxi 10 ming so‘mdan boshlanib, 120 ming so‘mgacha yetadi.

Ulug‘bek Rahmatullayevning konserti 8—13-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Chiptalar narxi — eng arzoni 15 ming so‘m, qimmati — 150 ming.

Xonanda Shuhrat Daryoning 25—26-oktabr kunlari jonli ijroda bo‘lib o‘tadigan dasturining chiptalari narxi quyidagicha — eng arzon chipta 20 ming so‘m, eng qimmat chipta esa 150 ming so‘m.

“Bojalar” guruhining 1—2-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan dasturining eng arzon chiptasi 20 ming so‘mdan, eng qimmati esa 180 ming so‘mdan sotilmoqda.

Munisa Rizayevaning 24, 25, 26-noyabr kunlari bo‘ladigan konsertining eng arzon chiptasi — 20 ming so‘m, eng qimmati esa — 200 ming so‘mdan.

Turkiyalik xonanda Serdar O‘rtachning 24—25-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan konsert dasturining eng arzon chiptasi 40 ming so‘m, eng qimmati esa 1 million so‘mdan sotilgan edi.

Eron xonandasi Arash faqat bir kun — 13-oktabrda konsert beradi. Konsertga eng arzon chipta — 100 ming so‘m, eng qimmati esa 1,4 million so‘m.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-10-2017, 13:15)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют