» » O‘zbekistonga Eron, Pokiston, Afg‘oniston va Italiya politsiyasi ekspertlari tashrif buyurdi

O‘zbekistonga Eron, Pokiston, Afg‘oniston va Italiya politsiyasi ekspertlari tashrif buyurdi


10-oktabr kuni Toshkent shahrida BMT Narkotik moddalar va jinoyatchilik boshqarmasining Afg‘oniston va qo‘shni davlatlar uchun mintaqaviy va Markaziy Osiyo davlatlari uchun dasturi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Italiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Odam savdosiga oid jinoyatlarni tergov qilish va sudda ko‘rib chiqish masalalari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi uch kunlik seminar boshlandi. Bu haqda “Telegraf.uz“ xabar bermoqda.

Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari, Eron Islom Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari odam savdosiga qarshi kurashish va noqonuniy migratsiya sohasida o‘zaro tajriba almashish maqsadida ishtirok etmoqda.

Seminar davomida xalqaro ekspertlar odam savdosi sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish va sudda ko‘rishning alohida holatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Milliy ekspertlar tomonidan ushbu mavzuga oid ma’ruza va taqdimotlar o‘tkaziladi.

BMT Narkotik moddalar va jinoyatchilik boshqarmasining Odam savdosiga qarshi kurashish va noqonuniy migratsiya masalalari bo‘limi hamda Italiya politsiyasining Narkotiklarga qarshi kurashish markaziy boshqarmasi ekspertlari tomonidan alohida sessiyalar o‘tkaziladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют