» » Fotogalereya: Mashhurlarning o‘limidan bir necha kun oldin olingan suratlari

Fotogalereya: Mashhurlarning o‘limidan bir necha kun oldin olingan suratlari


AdMe hayotdan ko‘z yumishidan bir nega kun oldin tarixga muhrlangan mashhurlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.

Queen rok-guruhi vokalistining 1991-yilda olingan surati. Musiqachi o‘limining so‘nngi kunlariga qadar kasalligi haqidagi mish-mishlarni rad etib kelgan. O‘limidan bir kun oldin esa OITS oqibatida bronxopnevmoniya bilan og‘riganini ma’lum qilgan.

Stiv Jobs uyida, yaqinlari qurshovida, oshqozonosti saratoni oqibatida jon bergan.

Xit Lejer The Imaginarium of Doctor Parnassus filmidagi so‘nggi rolini ijro etmoqda. Oradan bir necha kun o‘tgach aktyor og‘riq qoldiruvchi dori vositalarini haddan ortiq iste’mol qilib yuborganligi oqibatida yuzagan kelgan o‘tkir intoksikatsiya tufayli vafot etgan.

Muhammad Ali o‘ttiz yil davomida Parkinson kasalligiga qarshi kurashgan. 2016-yilning 2-iyunida amerikalik boksyorning ahvoli og‘irlashib qolganligi sabab shifoxonaga yotqizilgan. Ertasi kuni esa u olamdan o‘tgan.

Mark Tven nomi bilan butun dunyoga tanilgan Semyuel Klemensning ushbu surati o‘limidan 10 kun oldin olingan. U o‘limidan bir yil oldin shunday degan edi: “Men 1835-yilda Galley kometasi bilan birga kelganman, bir yildan so‘ng, u yana uchib o‘tadi va men ham u bilan ketishni mo‘ljallayapman”. Shunday ham bo‘ldi. Yozuvchi stenokardiyadan vafot etdi.

Jon Lennonni oradan to‘rt soat o‘tgach otib tashlagan erkak suratning o‘ng tomonida turibdi. U The Beatles guruhi asoschisi hamda a’zosidan dasxat olmoqda.

Ushbu surat 1955-yilda olimning o‘limidan bir oy oldin, Prinstondagi uyida suratga olingan.

Britaniyalik musiqachining o‘limidan uch kun oldin olingan surat. Devid Boui 2016-yilning 10-yanvarida, jigar saratoniga qarshi 1,5 yillik kurashdan so‘ng vafot etgan.

Surat 1977-yilning 16-avgust sanasida, Elvis Presli stomatologdan o‘z uyi tomon mashinada qaytayotganida olingan. Ushbu tunda musiqachi yurak xurujini boshidan o‘tkazgan va olamdan o‘tgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-10-2017, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют