» » Meksikaning eng badavlat fuqarosi vayronkor zilzilalar yangi ish o‘rinlarini yaratishini ma’lum qildi

Meksikaning eng badavlat fuqarosi vayronkor zilzilalar yangi ish o‘rinlarini yaratishini ma’lum qildi


Meksikaning eng badavlat fuqarosi, telekommunikatsion magnat Karlos Slim o‘tgan oyda mamlakatda yuz bergan ikkita kuchli zilziladan so‘ng bo‘ladigan qayta qurilish ishlari yangi ish o‘rinlarini yaratishini ma‘lum qildi, deb xabar beradi Associated Press.

Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, tabiat hodisasidan yirik zarar ko‘rgan Mexiko shahrida ko‘p qavatli binolar barpo etilishida hukumat uning tajribasiga tayanishi kerak.

Slim qurilajak obyektlar zilzilabardosh bo‘lishi uchun qurilish normalariga o‘zgartirish kiritishga chaqirdi.

“Bu o‘ta ayanchli fojia bo‘lganiga qaramay, bu hodisa iqtisodiy faollik va ish o‘rinlarini yaratishga turtki bo‘ladi”, — deydi Slim matbuot anjumanida.

U yordam sifatida o‘z hisobidan 100 million dollardan ortiqroq mablag‘ ajratishga va’da berdi. Mamlakatdagi boshqa xususiy tashkilotlar esa 22 million dollar mablag‘ni xayriya qiladi.

Ma’lumot uchun, Meksikada 19-sentabr kuni yuz bergan 7,4 magnitudali zilzila oqibatida 369 kishi halok bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют