» » Jasur Ibrohimov ishi: Mojaroga sababchi bo‘lgan qiz aslida kim ekanligini ma’lum bo‘ldi

Jasur Ibrohimov ishi: Mojaroga sababchi bo‘lgan qiz aslida kim ekanligini ma’lum bo‘ldi


Mirobod tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudida Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasur Ibrohimovning ishi yuzasidan yana bir guvoh — Dilshod Abdullayev ko‘rsatma berdi, deya ma’lum qildi “Novosti Uzbekistana”.

O‘shanda aynan Dilshod Jasurni “singlisiga” gap otmasligi borasida ogohlantirgan edi. Ularning suhbatiga aralashgan Islom To‘laganov “Dilshod aka, qo‘ying, Jasurning jarohati bor, u kasal bo‘lgan” degan. Shundan so‘ng, Jasur Ibrohimov hamda Islom To‘laganov o‘rtasida mojaro kelib chiqqan.

Ushbu janjalning guvohi bo‘lgan barcha voqeani aynan shunday so‘zlab bergan. Biroq ulardan hech biri mojaro kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan qiz kim ekanligini aniq tushuntirib bera olmagan. Bunga noxush hodisa sodir bo‘lganida tibbiyot kollejining 3-kursida o‘qigan, hozirda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining talabasi Dilshod Abdullayev oydinlik kiritdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qizning ismi Gabriel, u ham o‘sha kollejda o‘qiydi. Qiz Dilshodga qondosh singil emas, biroq ular birga ulg‘aygan va u Gabrielga tug‘ishganidek munosabatda bo‘lganligi sabab, uni himoya qilib yurgan. Biroq Dilshod Abdullayev tez-tez chalkashib ketgan va qaysidir onda dastlabki tergov vaqtida bergan ko‘rsatmasidan voz kechishiga ham tayyor bo‘lgan.

Savollarga javob bergan Abdullayevning aytishicha, umuman olganda Gabriel unga tutingan singil emas, shunchaki Koreyaga jo‘nab ketgan do‘stining yaxshi ko‘rgan qizi, u Dilshodga suyuklisiga qarab turishni topshirib ketgan. Shu orada Dilshod qizning Jasur bilan yozishayotganidan xabar topib qolgan va u bilan “erkakcha” gaplashib olishga qaror qilgan.

Ismoilovning advokati tomonidan “Gabriel shunday qilishni so‘raganmidi?”, deya berilgan savolga Dilshod bu o‘zining tashabbusi bo‘lganligini aytdi. Gabriel sudda ko‘rsatma beradimi yoki yo‘q hozircha noma’lum. Sudning navbatdagi yig‘ilishi joriy yilning 12-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir: Jasur Ibrohimov ishi: sud-tibbiyot eksperti marhum 3-may kuni olgan jarohati oqibatida vafot etganini ma’lum qildi

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют