» » Putin Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmining o‘sganini ma’lum qildi

Putin Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmining o‘sganini ma’lum qildi


Vladimir Putin Sochida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshishi hozirdan yaxshi natijalar berayotganini, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayriboshlash hajmining ortganini ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

“Sizni Sochida ko‘rib turganimdan xursandman va qayd etishim joizki, sizning Rossiyaga tashrifingiz chog‘ida erishilgan bitimlarni amalga oshirish ustida ikkala tomondagi hamkasblarimiz faol ish olib bormoqda. Bu esa sezilarli natijalarni bermoqda. Agar o‘tgan yilda tovar ayriboshlash hajmida pasayish kuzatilgan bo‘lsa, joriy yilning dastlabki sakkiz oyi davomida uning hajmi 20 foizdan ortiqroqqa o‘sdi”, — dedi Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yil yakunigacha ushbu ko‘rsatkichlar yana ortadi. “Qishloq xo‘jaligidagi o‘sish sezilarli darajada bilindi”, — dedi Rossiya prezidenti.

Shuningdek, Putin sanoat ishlab chiqarish sohasida va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham o‘z navbatida kelishuvlarning muvaffaqiyatli amalga oshayotganini ta’kidladi.

“Rossiyaga tashrifdan so‘ng, bizda har tomonlama o‘zgarish sodir bo‘ldi, yuqorida qayd etganingizdek tovar ayriboshlash hajmida ham. Bu juda xursand qiladi. Ushbu kelishuvlar rostdan ham o‘z ifodasini topmoqda”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar hamkorlikni yo‘lga qo‘ymagan yo‘nalish qolmagan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-10-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют