» » Qirg‘iziston xalqlari assambleyasi: Qozog‘iston rasmiylari Qirg‘iziston bilan chegaradagi vaziyatga izoh berishi lozim

Qirg‘iziston xalqlari assambleyasi: Qozog‘iston rasmiylari Qirg‘iziston bilan chegaradagi vaziyatga izoh berishi lozim


Qirg‘izistonliklar Qozog‘iston bilan chegarani to‘siqlarsiz kesib o‘tishi zarur. Qirg‘iziston xalqlari assambleyasi raisi, sobiq bosh vazir o‘rinbosari Toqon Mamitov shunday fikr bildirdi, deya xabar beradi K-News.

Mamitovga ko‘ra, Qozog‘iston rasmiylari ikki davlat chegarasidagi vaziyatga izoh berishi lozim.

“Qozog‘iston bosh vaziri Qirg‘iziston va qirg‘iz xalqi bilan munosabatlarni qadrlashlari haqida rasman bayonot berdi. Biroq, shundan so‘ng negadir qirg‘iz—qozoq chegarasida birdaniga qiyinchiliklar yuzaga kelishni boshladi. Nega shunday bo‘layotganiga aniq javob berilmadi”, — dedi Mamitov.

Qirg‘iziston xalqlari assambleyasi raisi muammo Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning Qozog‘iston rahbariga nisbatan aytib o‘tgan fikrlari sababli kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligi, biroq ikki davlat hukumatlari, chegarachilari yoki akimlar ikki prezident o‘rtasidagi mojaroga aralashishga haqqi yo‘qligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kazakhstan Today Qirg‘iziston—Qozog‘iston chegarasida transport va yo‘lovchilarning tirbandligi Qirg‘iziston chegara xizmati kuchaytirilgan tartibda ishlashga o‘tgani bilan bog‘liqligini ma’lum qilgandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-10-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют