» » Avstraliyalik ayol quruq qo‘l bilan akulani tutib olib, uni ochiq okeanga qo‘yib yubordi (video)

Avstraliyalik ayol quruq qo‘l bilan akulani tutib olib, uni ochiq okeanga qo‘yib yubordi (video)


Avstraliyalik fuqaro Melissa Xateyler Melburn yaqinida cho‘milayotgan vaqtida quruq qo‘l bilan akulani tutishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda The Sydney Morning Herald’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Xateyerning so‘zlariga ko‘ra, yitqich okeanning cho‘milishga mo‘ljallangan qismiga kirib qolib, odamlardan qo‘rqib ketgan va boshini toshlarga ura boshlagan. Ayolning uzunligi salkam bir metr bo‘lgan akulaga rahmi kelgan va uni suvdan chiqarib olib, ochiq okeanga qo‘yib yuborishga qaror qilgan. “Men uni sayoz joyga haydadim, shundan so‘ng suvga so‘ng‘idim va uni orqa tomonidan ushlab oldim. Tishlab olmasligi uchun bo‘ynidan quchoqlab, uni ochiq okeanga qo‘yib yubordim”, — deydi Xateyer.

Ayolning aytishicha, akulani qo‘lga olish vaqtida hech qanday qo‘rquvni sezmagan.

Men rieltorman va mening kasbim odamlarga yashash joyini o‘zgartirishlarida yordam berishdan iborat. Men shunchaki akulaning okeanga tushishida yordam berdim.

Melissa Xateyer

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-10-2017, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют