» » O‘zbekiston FVV Vladimirdagi YTHning o‘zbekistonlik so‘nggi qurboni ism-sharifini e’lon qildi

O‘zbekiston FVV Vladimirdagi YTHning o‘zbekistonlik so‘nggi qurboni ism-sharifini e’lon qildi


O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida yuz bergan avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lgan va shaxsi aniqlangan 16-o‘zbekistonlikning shaxsiy ma’lumotlarini e’lon qildi.

Vazirlik O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasiga asoslanib xabar berishicha, 16-qurbon — 1979-yil, 7-mart kuni tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sheroziy mahallasida istiqomat qilgan Jo‘rabek Usmonov Jumayevich bo‘lib chiqqan.

“Hozirgi kunda vafot etgan fuqaroning jasadini O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda”, — deyiladi FVV axborotida.

Eslatib o‘tamiz, Vladimirdagi YTH oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan, ularning 16 nafari O‘zbekiston fuqarolari edi. 8-oktabr kuni 15 nafar qurbonning jasadi O‘zbekistonga olib kelingan edi.

Mavzuga doir: Vladimirda halok bo‘lgan 16 o‘zbekistonlikdan 15-sining shaxsi aniqlandi. U buxorolik 20 yashar yigit bo‘lib chiqdi — uning otasi og‘ir ahvolda

Mavzuga doir: Vladimirdagi YTH qurbonlarining jasadlari Termiz, Andijon va Buxoroga yetkazildi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют