» » Sirdaryoda 2 nafar fuqaroning noqonuniy baliq ovlashi salkam 25 mln so‘mga tushdi

Sirdaryoda 2 nafar fuqaroning noqonuniy baliq ovlashi salkam 25 mln so‘mga tushdi


Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining xabar berishicha, hozirgi kunda noqonuniy baliq ovlash – brakonerlik bilan shug‘ullanish avji pallaga chiqqan, deb yozadi “Telegraf.uz”.

Qo‘mita tomonidan Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tadbirda noqonuniy baliq ovlash holati aniqlangan. Sirdaryo viloyati Guliston tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar A.Abdurahmonov hamda N.Xasanov Sirdaryo daryosining Guliston tumanidagi “Boyovut” jamoa xo‘jaligi hududidan oqib o‘tuvchi qismida noqonuniy yo‘l bilan baliq tutayotgan paytda Bionazorat inspektorlari tomonidan to‘xtatib qolingan.

Aniqlanishicha, fuqarolar baliq ovlash maqsadida oddiy qarmoq emas, balki elektr qarmoqdan foydalangan. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, jami 12 dona baliq ovlangan.

“Afsuski, elektr qarmoqdan foydalanish natijasida tabiat ne’matlariga bepisandlik bilan qarash, ularni asrab-avaylamaslik, umumiy hisobda 24 413 325 so‘m miqdorida zarar yetkazilishiga olib kelgan”, — deyiladi xabarda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-10-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют