» » 27—30-noyabr kunlari Toshkentda yosh kinoijodkorlar uchun PROlogue III Respublika festivali bo‘lib o‘tadi

27—30-noyabr kunlari Toshkentda yosh kinoijodkorlar uchun PROlogue III Respublika festivali bo‘lib o‘tadi


27—30-noyabr kunlari PROlogue – yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar III Respublika festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda festival tashkilotchilari “Daryo”ga ma’lum qildi.

Festival O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” milliy agentligi hamda Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan tashkil etiladi.

Bu yilgi festival dasturi yangi kinoloyihalar pitchingi, rejissura, operatorlik ishi hamda dramaturgiya sohalari bo‘yicha mahorat darslari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida davra suhbatini qamrab olgani bilan avvalgi yilgilaridan farq qiladi.

Shuningdek, bu yil PROlogue’da “Yilning eng yaxshi aktyori” hamda “Yilning eng yaxshi aktrisasi” ham taqdirlanadi.

Festivalda ishtirok etish uchun arizalar shu yilning 31-oktabrigacha Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan qabul qilinadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-10-2017, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют