» » Yevropa saralashida ikkinchi bo‘lgan mamlakatlar pley-offda o‘ynaydi. Slovakiya JCh—2018 bilan xayrlashdi

Yevropa saralashida ikkinchi bo‘lgan mamlakatlar pley-offda o‘ynaydi. Slovakiya JCh—2018 bilan xayrlashdi


Rossiya mundiali uchun kurash olib borgan Yevropa mamlakatlari saralash o‘yinlarini yakunlab berdi. Unga ko‘ra, Angliya, Ispaniya, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Portugaliya, Serbiya, Polsha, Islandiya kabi mamlakatlar Rossiyadagi Jahon Chempionatida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Saralash o‘yinlari 9 ta guruhda bo‘lib o‘tdi. Ularda 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar endi pley-off o‘yinlarini o‘tkazadi. G‘oliblar mundial chiptasiga ega chiqadi.

9 ta guruh yakunlariga ko‘ra, 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan mamlakatlar orasida eng past ko‘rsatkichni Slovakiya qayd etgani aniq bo‘ldi. Shu boisdan, Slovakiya ham Rossiyadagi Jahon Chempionatiga bormaydigan bo‘ldi. Shveysariya, Italiya, Daniya, Xorvatiya, Shvetsiya, Shimoliy Irlandiya, Gretsiya va Irlandiya esa pley-off o‘yinlarida ishtirok etadi.

Reglamentga ko‘ra, pley-off o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi 17-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bunda FIFA reytingiga e’tibor qaratilib, jamoalar 2 ta savatga bo‘linadi. Reytingda teparoqda turgan 4 ta jamoa birinchi, qolgan to‘rttasi ikkinchi savatchadan joy oladi. Tabiiyki, 1 ta savatdagi jamoalar bir-biriga raqib bo‘lmaydi.

Pley-offning ilk uchrashuvlari 9—11-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob uchrashuvlari esa 12—14-noyabr sanalariga tayin qilingan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-10-2017, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют