» » Dubay aeroportida yuzni aniqlovchi virtual tunnel-akvarium paydo bo‘ladi

Dubay aeroportida yuzni aniqlovchi virtual tunnel-akvarium paydo bo‘ladi


Dubaydan uchib ketuvchi yo‘lovchilar endilikda reysga ro‘yxatdan o‘tgach, tekshiruvning bir necha bosqichlarini amalga oshirishi shart emas. Buning o‘rniga ular yuzni aniqlovchi kameralar o‘rnatilgan virtual akvarium tunnelidan o‘tishi darkor, deb xabar berdi TJournal.

Tunnelga o‘rnatilgan 80 ta kamera akvarium orqali o‘tayotgan yo‘lovchilarning yuzini va ko‘zning kamalaksimon sohasini skaner qila oladi. Ta’kidlanishicha, ekranlar nafaqat dengiz jonzotlari va okeanlarni, balki turli landshaftlar yoki reklamalarni namoyish etishi mumkin. Tunnel oxirida yuz skaneri natijalaridan kelib chiqib, yo‘lovchiga “oq yo‘l” tilovchi yashil belgi yoki xavfsizlik xizmatlarini ogohlantiruvchi qizil belgi ko‘rsatiladi.

Amaldorlardan birining qayd etishicha, akvarium nafaqat yuzni aniqlovchi kameralarni berkitadi, balki yo‘lovchilarni atrofga ko‘proq qarashga jalb etadi va bu orqali tizim ularning yuzini maksimal rakurslarda suratga olishi mumkin bo‘ladi.

Loyiha 18 oy davomida Emirates aviakompaniyasi bilan hamkorlikda yaratildi. Birinchi virtual maydonchalar 2018-yilning yoz fasli oxiriga qadar o‘rnatilishi rejalashtirilgan, butun aeroport esa 2020-yilgacha jihozlanishi lozim. Ushbu tizimning joriy etilishiga Dubay aeroportidan o‘tuvchi yo‘lovchilar sonining yildan yilda ortib borishi sabab bo‘lgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют