» » Rossiyaning Voronej viloyatida yangi tug‘ilgan qizini sotib yuborishga uringan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi

Rossiyaning Voronej viloyatida yangi tug‘ilgan qizini sotib yuborishga uringan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi


Rossiyaning Voronej viloyatida istiqomat qiluvchi juftlik 30 ming rublga yangi tug‘ilgan qizini sotib yuborishga uringan paytda ushlandi. Bu haqda, mamlakat tergov qo‘mitasiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Xabarnomaga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan juftlik O‘zbekiston fuqarolaridir.

Tergovchilarning aniqlashicha, shu yilning 8-sentabr kuni 29 yoshli ayol qiz farzand ko‘rgan, ammo bu faktni tegishli idoralarda ro‘yxatdan o‘tkazmagan.

10-oktabr kuni viloyatning Komintern tumanida ayol va uning fuqarolik nikohidagi turmush o‘rtog‘i qizini noma’lum shaxslarga 30 ming rublga sotishga uringan.

Ta’kidlanishicha, jinoyat boshidan politsiya nazorati ostida o‘tgan. Barcha ishtirokchilar qo‘lga olingan.

“Voronejda istiqomat qilgan O‘zbekiston fuqarolari, 39 yoshli erkak va 29 yoshli ayolga nisbatan jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-bandi, 127.1-modda ‘b’, ‘z’ bandlarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoiy ish ochildi”, — deyiladi xabarnomada.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-10-2017, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют