» » Poroshenko Qrim bo‘yicha tovon pulini muhokama qilishdan bosh tortdi

Poroshenko Qrim bo‘yicha tovon pulini muhokama qilishdan bosh tortdi


Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko chexiyalik hamkasbi Milosh Zemanning Moskva Kiyevga Qrim evaziga tovon to‘lashi mumkinligi haqidagi taklifini ko‘rib chiqishdan bosh tortdi. Bu haqda u PASЕdagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “112 Ukraina” telekanali.

“Men Qrim haqida tugagan ishday gapiruvchilarning bayonotlarini qat’iy inkor qilaman — bu minbar tinchlikka chaqirish uchun yaratilmagan, hududlarni pul, neft va gazga almashtirish chaqiriqlari uchun emas. Bu narsa hech qachon bo‘lmaydi”, — dedi Poroshenko.

10-oktabr kuni Chexiya prezidenti Milosh Zeman Ukraina tomonidan Qrimning yo‘qotilishini tugagan ish deb bilishini aytgan edi.

“Agar Qrimni olib, Ukrainaga qaytarishni istasak, bu Yevropa urushi bo‘ladi. Biz Yevropa urushidan qochishimiz lozim, siz buni tushunishingiz kerak”, — dedi u.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-10-2017, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 67) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют