» » Rossiya sobiq Ittifoq mamlakatlari ichida qaysi davlatlarga eng katta yordam ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi

Rossiya sobiq Ittifoq mamlakatlari ichida qaysi davlatlarga eng katta yordam ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi


Sobiq sovet respublikalari ichida Qirg‘iziston, Armaniston va Tojikistonga Rossiya tomonidan eng katta yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti huzuridagi xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi tomonidan tayyorlangan “Rossiyadagi iqtisodiy vaziyat monitoringi” hisobotida aytildi.

Hisobotda aytilishicha, 2015-yili Qirg‘iziston, Rossiya–Qirg‘iziston rivojlanish fondi mablag‘lari inobatga olinsa, 322,8 million dollar yordam olgan. 2011–2015-yillar orasida bu yordam hajmi jami 653 million dollarni tashkil qilgan.

Bundan tashqari, Armaniston 2015-yili 37,4 million dollar, 2011–2015-yillarda esa 57,3 million dollar yordamga ega bo‘lgan.

Tojikiston uchun bu ko‘rsatkichlar tegishli ravishda 21,8 va 79,5 million dollarni tashkil etadi.

2016-yilning birinchi yarmida Rossiya Qirg‘izistonning 30 million dollar, 2017-yil iyunida esa qolgan 240 million dollar qarzidan kechdi. Oxirgi 11 yil ichida Rossiya ushbu respublikaning 703,2 million dollarlik qarzidan voz kechdi.

Rossiyadan moddiy yordam oladigan davlatlar orasida Ozarbayjon, Qozog‘iston va Belarus ham qayd qilib o‘tilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-10-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют